layout
Tun - Shaka
Трек

Shaka - Tun

Текст песни 
Текст песни: Yomg‘ir ham savalar meni beomon
Shamol ham holimdan kulgani kulgan
Boshpana ber menga, men vahimaman
Botirlar qalbimdan quvg‘undi bo‘lgan

Tashqarida yomg‘ir shivirlaydi jim
Ko‘rinmas na chiroq, na bir ziyo
Go‘yo derazamni chertar alla kim
Bosib kela boshlar qandaydir ro‘yo

O‘zimni to‘shakka otaman shu on
O‘ranib olaman vahima ichra
Qorong‘u yo‘lakda shitirlar xazon
Kimdir derazamdan ketmaydi sira

Chiroqni yoqaman betoqat borib
Go‘yo vahimalar bo‘ladi abas
Yomg‘ir yaltiraydi nurda oqarib
Tasalli chulg‘aydi dilni bir nafas

Lipillab so‘nadi chiroq ham oxir
Qandaydir shovullab egiladi tol
Kimdir tashqarida entikar og‘ir
Birdan derazamni qoplaydi xayol

Kimsan ey tunlari meni poylagan
Makriga boylagan yovuz darbadar
Kimsan ey ruhimni mag‘lub aylagan
Mag‘rur yuragimga tashlagan nazar!

Yolvora boshlayman kimgadir yonib
Bir zum irodamni etaman bekor
Bir zum o‘zligimdan qolaman tonib
Bir zum ojizlikka bo‘laman iqror

Gunohkor bandaday titrab, qaltirab
Kimdandir so‘rayman so‘nggi himoya
Shamol ham uvullar nimadir tilab
Birdan kela boshlar ul mashʼum soya

To‘lg‘anib ketadi nogoh yuragim
Nimani istaysan? so‘yla, ey, deydi
Sekin g‘udurlaydi shunda allakim
Nahotki menga hech rahming kelmaydi?

Yomg‘ir ham savalar meni beomon
Shamol ham holimdan kulgani kulgan
Boshpana ber menga, men vahimaman
Botirlar qalbimdan quvg‘undi bo‘lgan
Слушать
Скачать mp3
1

Популярные песни  Shaka

Все песни
2
Yalqov - Shaka
03:23
3
Sotuvchi - Shaka
02:48
4
Komediant - Shaka
01:50
5
Festival - Shaka
03:33
6
Tun - Shaka
02:47

Популярные исполнители

Комментарии

Комментариев пока нет
Player
×
Song coverSong cover

Song coverSong cover

Текущий плейлист
Song cover