layout
Ista - MamurjonOkay
Трек

MamurjonOkay - Ista

Текст песни 
Текст песни: Hamma dunyoni o'zgartirishga harakat qiladi
Lekin hech kim o'zini o'zgartirish haqida o'ylamaydi

Ista, koinot aylanar atrofingda
Harakat qil — kelajak qo'lingda
Istasang, qor yonar o'chog'ingda
Maqsading aytadi kimligingni

Mahzun bo'lma, kelsa boshga sinov
O'tadi kulfat, keladi kun yorug'i
To'xtama, qil harakat, qarama ortga
Yuraging — olov, so'ndirma uni

Sarbonning vaqtida qadriga yet
"Bezbetlarning navbati keldi"
Deb uradigan bong
Odamdan najot kutma, chalg'ima
Ket, insof tark etmasin

Harakatsizlikda baxt yo'q
Shunga to'xtamaydi inson
Kurashsiz olingan taxt yo'q
Shoh bo'lishga qidir imkon

Chaynama gap, o'tmishni unut
U qora bo'lsa, kelajakdan umid qil
Vaqtida top ishonch, ilm izla
Har lahzani qil totli

Yod et, ajdodlaring kim?
Tomiringda qoni bor shonli
Barpo et, nurli kelajak uchun
Hozir ista

O'zgargani o'zgarsin
Istaksiz ko'zi ochiq ko'rsan
Mehnatsiz istasa ertasini
Yo'l bersin, illo, ko'r bandasini

Suymaganga suykalma
Mallabtalabdan bezar hamma
Bir tanda — bir jon
Shu jon non istasa, u odam sonda

Ista, koinot aylanar atrofingda
Harakat qil — kelajak qo'lingda
Istasang, qor yonar o'chog'ingda
Maqsading aytadi kimligingni

Ista, koinot aylanar atrofingda
Harakat qil — kelajak qo'lingda
Istasang, qor yonar o'chog'ingda
Maqsading aytadi kimligingni

O'qimagan kishi uchun hech bir kitob yozilmagan
Tinglamagan kishi uchun hech bir hikmat aytilmagan
Слушать
Скачать mp3
0

Популярные песни  Mamurjonokay

Популярные исполнители

Комментарии

Комментариев пока нет
Player
×
Song coverSong cover

Song coverSong cover

Текущий плейлист
Song cover